Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

ECHL. PSJ kambek amalga oshirib, "Monako"ni mag‘lub etdi

Muhammadqodir Ruzmatov
Izohlar: 0

To‘qnashuv o‘z nihoyasiga yetdi

YECHLning pley-off bosqichi doirasidan o‘rin olgan dastlabki uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. "Monako" o‘z uyida PSJni qabul qilib, 2:3 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. 

Dastlab, Balog‘un 1 va 18-daqiqalarda gol urib, hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi. Ammo Dué 29-daqiqada hisobni qisqartirdi. Birinchi bo‘lim yakunlanish arafasida esa Hakimi oradagi farqni yo‘qqa chiqardi. 67-daqiqada esa Dué yana raqib darvozasini ishg‘ol qildi va parijliklarga g‘alaba taqdim etdi. 

Ma’lumot uchun, javob bahsi 25 dan 26 fevralga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q