
EChL. PSJ so‘nggi daqiqalardagi gol evaziga "Barselona"ni taslim etdi
UEFA Chempionlar ligasining 2-turidan o‘rin olgan "Barselona" - PSJ o‘rtasidagi markaziy to‘qnashuv o‘z nihoyasiga etdi.
Xans-Diter Flik boshchiligidagi kataloniyaliklar o‘z uyida Luis Enrikening PSJsini qabul qilib, 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
Uchrashuvning 19-daqiqasida Ferran Torres Markus Reshfordning uzatmasini golga aylantirgan holda, hisobni ochdi. Oradan yana 19 daqiqa o‘tib esa Mendeshning uzatmasidan Mayulu unumli foydalandi. Ikkinchi bo‘limning 90-daqiqasi o‘tib borayotganda Gonsalu Ramush parijliklarning ikkinchi golini urib, o‘yin taqdirini hal qildi.
- Europe - UEFA Chempionlar ligasi
- League Stage

Barselona
- Ferran Torres 19'
Tugadi
1
:
2
02.10.2025 00:00

PSJ
- Senny Mayulu 38'
- Gonçalo Ramos 90'
Fikrlar