ECHL. PSJ va "Monako" durang o‘ynadi — 2:2
Bilolbek Imomov
To‘qnashuv yakunlandi!
"Pari Sen-Jermen" Chempionlar ligasi pley-off javob uchrashuvida "Monako" bilan 2:2 hisobida durang o‘ynadi.
Hisob 45-daqiqada Magn Akliush tomonidan ochildi. 55 va 58-daqiqalarda Mamadu Kulibali sariq kartochkalar oldi va maydondan chetlatildi.
60-daqiqada Markin’os hisobni tengladi. 66-daqiqada Xvicha Kvaratsxeliya parijliklarni oldinga chiqardi, ammo 91-daqiqada Joridan Teze hisobni qayta tengladi.
Shu tariqa, o‘yin durang bilan yakunlandi va ikki o‘yin natijasiga ko‘ra musobaqadagi natija hal qilindi.



Izohlar (0)