ECHL. "Sporting" oʻz uyida musobaqaning amaldagi gʻolibini magʻlub etdi

  • 21.01.2026 03:13
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

Yevropa Chempionlar ligasining 7-turida kutilmagan natija qayd etildi. Lissabonning "Sporting" jamoasi o‘z maydonida musobaqaning amaldagi g‘olibi PSJni 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Ushbu bahsda mezbonlar safida Luis Suarez dubly qayd etdi. Parijliklarning yagona goliga esa Xvicha Kvaratsxeliya mualliflik qildi.

Shu tariqa, "Sporting" ochkolari sonini 13 taga yetkazib oldi. Luis Enrique shogirdlarining hisobida ham ayni paytda shuncha ochko mavjud.
 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!