
EChL. "Yuventus" safarda "Ayaks"ni enga olmadi
"Yoxan Kroyff Arena"da kechgan uchrashuvda kuchlar teng keldi - 1:1. Dastavval birinchi bo‘lim so‘nggida Krishtianu Ronaldu Joau Kanseluning uzatmasidan so‘ng boshi bilan to‘pni darvozaga joylab qo‘ydi. Ikkinchi bo‘lim avvalida esa David Neres muvozanatni tikladi. Bellashuvning qolgan daqiqalari davomida boshqa gol kiritilmadi.
Endi barchasi Turindagi bahsda hal etiladigan bo‘ldi. Javob o‘yini 16 aprel sanasida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Fikrlar