
EChLda hafta futbolchisi kim bo‘ladi? Ronaldu yoki Messi?
UEFA rasmiy saytida joriy hafta bo‘lib o‘tgan Chempionlar Ligasi 1/8 final javob uchrashuvlarining eng yaxshi futbolchisini aniqlash uchun ovoz berish boshlandi. Ushbu nomga Kayl Uoker («Manchester Siti»), Krishtianu Ronaldu («Yuventus»), Lionel Messi («Barselona») va Robert Levandovski («Bavariya») da’vogarlik qilmoqda.
Ta’kidlash kerakki, Ronaldu va Levandovski o‘zlari ishtirok etgan o‘yinlarda dubl qayd etdi. Messi esa gol urdi va raqib darvozasiga penalti belgilanishiga sabab bo‘ldi. Kayl Uoker esa “Real”ga qarshi o‘yinda 85 foiz uzatmalarni aniq amalga oshirdi va raqib futbolchilari bor yo‘g‘i 1 marta undan to‘p olib qo‘yishdi xolos.
So‘rovnomada eng ko‘p ovoz to‘plagan futbolchi g‘olib bo‘ladi.
Fikrlar