Eddi Xau «Manchester Yunayted»ni boshqarishi mumkin
Eddi Xau «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi lavozimiga asosiy nomzod sifatida klub sport direktori tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda.
«Nyukasl»ning sobiq bosh murabbiyi Eddi Xau tez orada ayni paytda Maykl Kerrik boshqaruvida bo‘lgan «Manchester Yunayted»ni qabul qilib olishi mumkin.
TalkSport ma’lumotiga ko‘ra, 48 yoshli angliyalik mutaxassis nomzodini mankunianliklar sport direktori Jeyson Uilkoks ilgari surmoqda. Uning fikri «qizil iblislar» rahbariyati uchun muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
Avvalroq matbuotda «Manchester Yunayted» Kerrik o‘rniga Antonio Konte yoki Yulian Nagelsmannni tayinlashi mumkinligi haqida ham xabarlar tarqalgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Eddi Xau yozda «Nyukasl» bosh murabbiyi lavozimini tark etgan. U 2021 yildan beri ushbu jamoada ishlab kelayotgandi. Bundan oldin mutaxassis «Bornmut» va «Börnli» klublarini ham boshqargan.

Izohlar (0)