Eddi Hirn "Zuffa Boxing" ni keskin tanqid qildi
Taniqli boks promouteri Shakur Stivensonning Zuffa Boxing bilan shartnomasi bekor qilinganiga munosabat bildirdi
Taniqli boks promouteri Eddi Hirn Shakur Stivensonning Zuffa Boxing bilan shartnomasi bekor qilinganiga munosabat bildirdi.
"Ishonish qiyin. Rostini aytsam, avval buni piyar yurishi deb o'ylagandim. Shakurning jamoasi kechasi menga qo'ng'iroq qilib, xabar yozmaguncha bu voqeaga ishonmadim. Chunki bu Zuffa uchun shunchalik sharmandali va uyatli ediki, rost bo'lishi mumkin emasdi.
Xabar chiqqanidan keyin 30 soniya ichida menga 50 ta xabar keldi. Hamma: “Ko'rdingmi? Zuffa tugadi. Kompaniya parchalanyapti. Dana Uaytning boshi qotgan”, deb yoza boshladi. Men esa: “Yo'q, bu bo'lishi mumkin emas”, dedim.
Qanday qilib tarixingdagi eng katta imzolardan biri bo'lgan bokschini shartnoma asosida olib, unga bitta ham jang bermasdan qo'yib yuborasan? Menimcha, boks tarixida bunday holat hech qachon bo'lmagan.
Dana Uayt yil oxirigacha Zuffa qanday tarix yaratishini ko'rasizlar, degan edi. Bir narsani tan olish kerak — ular haqiqatan ham tarix yozishdi. Bokschi bilan shartnoma imzolashdi, ammo unga bitta ham jang tashkil qilib berishmadi.
Albatta, biz bu vaziyatdan zavqlanamiz. Chunki ular ham huddi shunday qilgan bo'lardi. Men: “Sizlar tugadingiz, Zuffa sharmanda bo'ldi, sizlarga na jangchilar, na muxlislar ishonadi”, demoqchi emasman. Lekin bu voqeaga qarab kulib qo'ymaslikning iloji yo'q.
Katastrofa. Sharmandalik. Taslim bo'lish va mening eski raqiblarimdan biri aytgandek, yana 10 oydan keyin hammasi tugaydi", — dedi Hirn.

Izohlar (0)