Edegor Arteta bilan janjallashdi va boshqa klub tanladi
Angliya Premier-ligasida peshqadamlik qilayotgan “Arsenal” yetakchisi va sardori Martin Edegor joriy mavsum tugashi bilan klubni tark etishga qaror qildi.
TopSkills Sports UK nashri ma'lumotiga ko‘ra, norvegiyalik pleymeykerning “kanonirlar” bosh murabbiyi Mikel Arteta bilan munosabatlardagi ziddiyat yuqori nuqtaga yetdi.
Futbolchi o‘zini London klubi rahbariyati va murabbiylar shtabi tomonidan juda kam qadrlanayotgan o‘yinchidek his qilmoqda. Xususan, ular so‘nggi bir necha oy davomida Edegorga berilgan va’dalarni bir necha bor buzgan.
Endi Edegor yozda “Arsenal”ni tark etishga qat’iy qaror qilgan. “Bavariya” o‘yinchiga qiziqish bildirayotganiga qaramay, Martin londonliklarning ashaddiy raqibi “Manchester Yunayted”ga o‘tishni istamoqda.
Martin Edegor 2021 yilda “Real”dan “Arsenal”ga 35 million yevro evaziga o‘tgan edi. Uning shartnomasi 2028 yilning 30 iyunigacha amal qiladi. Joriy mavsumda yarim himoyachi “kanonirlar” safida 27 o‘yinda 1 gol va 7 assist qayd etgan.
Fikrlar