Edegorga xunuk xabar etib bordi

  • 18 iyul, 2021, 21:21
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Zinedin Zidan davrida “Real” asosiy tarkibiga kira olmagan iste’dodli pleymeyker Martin Edegor jamoa boshqaruviga Karlo Anchelotti kelganidan keyin o‘ziga imkon berilishini kutgandi.

Tecno

Shu maqsadda, norvegiyalik futbolchi o‘zi ijarada o‘ynagan “Arsenal”ning to‘liq transfer haqidagi taklifini rad etgan edi.

Karlo Anchelotti yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida klub rahbariyatiga Martin Edegorning xizmatlariga ehtiyoj yo‘qligini va unga imkoniyat bermasligini bildirdi.

Italiyalik murabbiyning qaroridan keyin Martin Edegor yana Madridni tark etishiga to‘g‘ri keladi. Hozircha, unga “Arsenal” boshpana bermoqchi.

Yakunlangan mavsumda Edegor “kanonirlar” safida 14 ta uchrashuvda qatnashib, bitta gol urdi va ikkita golli pas oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!