Edgar Davids yana murabbiylikka qaytdi

  • 04.01.2021 20:52
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Gollandiyalik futbol yulduzi Edgar Davids yana murabbiylik faoliyatini boshladi.

47 yoshli Davids Portugaliyaning 3-divizionida ishtirok etuvchi "Olyanense" jamoasi boshqaruvini o‘z qo‘liga oldi. U bu haqda o‘zining instagramdagi sahifasi orqali xabar berdi.

"Olyanense" ayni damda musobaqa jadvalida 3-o‘rinda bormoqda. Davidsga jamoani elitaga olib chiqish vazifasi qo‘yilgan.

Edgar Davids 2012-2014 yillarda Angliyaning "Barnet" klubini boshqargan. Futbolchi sifatida "Ayaks", "Milan", "Yuventus", "Barselona", "Inter", "Tottenxem" va "Kristal Pelas" klublarida o‘ynagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!