Edinson Kavani: Biz o‘zimiz bilan uch million urugvaylikning orzularini olib keldik
Urugvay terma jamoasi forvardi Edinson Kavani jamoasining yana bir necha kunlardan so‘ng start oladigan JCh-2018dagi maqsadi haqida gapirib o‘tdi.
“Rossiya safariga ham etib keldik. Biz o‘zimiz bilan uch million urugvaylikning orzularini olib keldik. Aynan shu narsa bizga kuchli raqiblarga qarshi o‘yinlarda qo‘shimcha ruh bag‘ishlaydi. Urugvayliklar bilan faxrlanaman”, - deydi Kavani.
Eslatib o‘tamiz, Urugvay terma jamoasi musobaqaning “A” guruhida Rossiya, Misr va Saudiya Arabistoni terma jamoalariga qarshi kurash olib boradi.



Fikrlar