Edinson Kavanining tanlovi aniq bo‘ldi

  • 26 yanvar, 2020, 19:45
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Pari Sen-Jermen" klubi hujumchisi Edinson Kavani "Manchester Yunayted" va "Atletiko" klublarining takliflari bo‘yicha tanlovi aniq bo‘ldi, deya xabar bermoqda TF1.

Ikkala klub ham futbolchi uchun yiliga 12 million evro va qo‘shimcha bonusli shartnoma taklif etishgan edi. Biroq urugvaylik futbolchi "matraschilar" bilan kelishuv imzolashni ma’qul deb topdi, deyiladi manbada.

Yaqin vaqtlar ichida 32 yoshli futbolchining "Atletiko"ga transferi yakunlanishi kutilmoqda. Unga ko‘ra, madridliklar PSJ bilan olti oylik shartnomasi qolgan futbolchi uchun 25 million evro tovon puli to‘laydi.

Joriy mavsumda Kavani Parij klubi libosida 14 ta o‘yinda maydonga tushib, beshta gol muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!