
Edvards: “Men uni 10 ta jangdan 10 tasida mag‘lub etgan bo‘lardim”.
Yarim o‘rta vazn toifasida UFC chempioni Leon Edvards 27 iyul kuni Manchesterda bo‘lib o‘tadigan "UFC 304" turnirining asosiy jangi doirasida Belal Muhammadga qarshi to‘qnashuvi haqida gapirdi.
"U nega bunchalik o‘ziga ishonganini tushunmayapman. Ha, avvalgi jangimizdan keyin u yana-da yaxshilandi, lekin men undan ham jiddiyroq yo‘lni bosib o‘tdim. To‘g‘ri, bahs vaqtida buning kech kimga ahamiyati yo‘q, men undan jismoniy, texnik va ruhiy jihatdan ancha kuchliman. Agar u bilan 10 marta jang qilsam, uni 10 marta mag‘lub qilaman”, — dedi Edvards The MMA Hour shousida.
Eslatib o‘tamiz, 2021 yilning mart oyida Edvards(22-3-1 N/C) va Muhammad(23-3-1 N/C) oktagonda uchrashishgan. Keyin ularning jangi Leonning ko‘ziga zarba bergani uchun bekor qilingandi.
Fikrlar