Edvards:"U bema’ni gapirsa ham, juda yaxshi jangchi"
Yarim o‘rta vazn toifasida UFC chempioni, britaniyalik Leon Edvards MMA yulduzi, ikki divizionda sobiq chempion Konor Makgregor haqida gapirdi.
“Menimcha, Konor bizning sportimizdagi eng yaxshi jangchilaridan. U MMA ni keng ommaga yana ham tanitdi. Siz bunday yigitlarni yoqtirmasligingiz mumkin, lekin Konorga hech kim befarq emas. U UFC da birinchi bo‘lib ikki karra chempion bo‘ldi, garchi u bema’ni gapirsa ham, juda yaxshi jangchi", - deya Edvardsning so‘zlarini keltiradi Sportskeeda.
Fikrlar