
EKL. Chorak finalning yana bir o‘yinida gollar shousi guvohi bo‘ldik
Evropa Konferentsiyalar ligasi chorak finalidan o‘rin olgan "Feyenoord" - "Slaviya" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda jangovar 3:3 hisobi qayd etildi.
Mezbonlar safida Sinisterra, Seneso va Kyokchyu gol urgan bo‘lsa, pragaliklar tarkibida Olayinka, Sor hamda Traore raqib darvozasini ishg‘ol etishga muvaffaq bo‘ldi.
Ushbu jamoalar ishtirokidagi javob bahsi 14 aprelda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Fikrlar