EKL. "Tottenxem" Frantsiyadan bir ochko bilan qaytadi

  • 17.09.2021 00:26
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

Evropa Konferentsiyalar ligasidan o‘rin olgan "Renn" - "Tottenxem" uchrashuvi biroz avval o‘z yakuniga etdi. 

Qiziqarli o‘tgan bahsda jamoalar murosa yo‘lini tanladi. Frantsuzlar safida mazkur bahsda Te va Labord o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi. "Shporlar"dan Xyoyberg va Bade raqib darvozasini ishg‘ol etdi. 

Shuningdek, "Bazel" o‘z maydonida "Qorabog‘" bilan durang o‘ynadi, "Gent" esa "Flora" jamoasini safarda 0-1 hisobida mag‘lub etdi. "Slaviya" - "Union" bahsida esa mezbonlar raqibdan 3-1 hisobida ustun keldi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!