Ekspert hakamlar guruhi "Bunyodkor" - "Xorazm" uchrashuvidagi bahsli vaziyatlar bo‘yicha ma’lumot berdi

  • 14.09.2025 22:40
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

Superliganing 21-turidan o‘rin olgan “Bunyodkor” — “Xorazm” bahsi bo‘lib o‘tdi va unda "qaldirg‘ochlar" minimal, 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. 

Ushbu uchrashuvdagi bahsli vaziyatlar bo‘yicha Ekspert hakamlar guruhi tomonidan ma’lumot berildi.

"O‘yinning 78-daqiqasida “Xorazm” jamoasi darvozaboni havodagi to‘pni qo‘lga kiritishga ulgurmay “Bunyodkor” jamoasi futbolchisiga nisbatan qo‘pol tarzda elkasiga urgan.

Ushbu holatda bosh hakam VAR hakamining yordami bilan to‘g‘ri qaror chiqarib, 11 metrlik jarima zarbasi belgilagan va darvozabonga sariq kartochka ko‘rsatgan".

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!