Asosiy mazmunga oʻtish

Ekspert: Yulduz hujumchi olsa, “Arsenal”ni engib bo‘lmaydi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Londonliklarga aynan shu futbolchi mos

«Liverpul»ning sobiq himoyachisi Jeymi Karrager «Arsenal» hujum chizigʻida yuqori darajadagi yulduz futbolchi yetishmayotganini taʼkidladi.

Yozgi transferlar oynasida «Arsenal» hujum chizigʻidagi uch futbolchi bilan xayrlashdi. Biroq ularning oʻrniga faqat Xristos Tsolisni jalb qildi va jahon miqyosidagi yulduz futbolchini sotib ololmadi.

Shu bilan birga, Karrager Mikel Arteta jamoasida bunday maqomdagi futbolchining yoʻqligi ayrim ijobiy jihatlarga ham ega ekanini tan oldi.

«Avval ham aytganman: “Arsenal” biz koʻrgan eng yorqin chempionlardan biri emas. Jamoaga hujumda hali ham joziba yetishmayapti. Ular yozda jalb qilmoqchi boʻlgan superyulduzni sotib ola olishmadi. Vinisius va Xulian Alvares haqida gap-soʻzlar boʻldi, ammo bu transferlar amalga oshmadi.

Hujumda yulduz futbolchining kuchli taʼsiri yetishmayapti. Biroq menga eʼtiroz bildirib, Mikel Arteta hujumchilarini nazorat qiladi, ular topsiz juda koʻp mehnat qilgani uchun hujumda oʻz imkoniyatlarini toʻliq namoyish eta olmayapti, deyishlari mumkin.

Jamoa yana bir bor gol oʻtkazmasdan oʻyinni yakunladi va himoyada juda kuchli. Shuning uchun bu masala yuzasidan bahslashish mumkin», — dedi Karrager Sky Sports nashriga.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q