Ektor Kuper: "Shunday sifatli terma bilan o‘yinda ochko olishni uddalaganimizdan xursandman!"

  • 14 yanvar, 2024, 01:16
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Osiyo kubogi 1-turi doirasida O‘zbekiston va Suriya terma jamoalari o‘zaro kuch sinashdi va unda tomonlar 0:0 hisobida durang o‘ynadi. 

Tecno

Mazkur bahs yakuniga etgach, Suriya terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper matbuot anjumanida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 

"Jamoam yaxshi tayyorgarlik ko‘rgandi va ular hammasini reja bo‘yicha bajarishdi. Yigitlarning o‘yinidan to‘la qoniqish hosil qildim va bu natija ularning ruhiyatiga ham ta’sir ko‘rsatishi tabiiy.

O‘zbekiston - kuchli jamoa, ularda nafaqat yosh va tajribali futbolchilar jamlangan, balki termadagi ko‘plab futbolchilar kamida 3 yildan beri birga to‘p tepib kelmoqda. Shunday sifatli terma bilan o‘yinda ochko olishni uddalaganimizdan xursandman. 

Har bir raqibga alohida taktika tanlagan ma’qul. Chunki jamoalar turlicha o‘yin namoyish etadi, uslublar hilma-hilligi ham tabiiy jarayon. Avstraliyaga qarshi bahs uchun yanada jiddiy tayyorgarlik ko‘rmog‘imiz darkor. 

O‘zbekiston bilan kechgan bahsdan so‘ng tarixda ilk bor pley-offga chiqish uchun harakat qilib ko‘rsak bo‘ladi. Yigitlarda ham bu vazifani eplay olishga bo‘lgan ishonch ancha ortganini sezyapman", - dedi argentinalik mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!