"El klasiko"ni boshqaradigan hakam ma’lum

  • 26 oktabr, 2023, 23:58
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya futbol federatsiyasi La Liganing 11-turidan o‘rin olgan "Barselona" - "Real" o‘rtasidagi markaziy o‘yinni boshqaradigan hakamlar brigadasini tasdiqladi. Xesus Xil Mansano El-Klasikoning bosh hakami etib tayinlandi.

Tecno

Ispaniya futboli gigantlari o‘rtasidagi o‘yin 28 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi. "Kamp Nou"da bo‘lib o‘tadigan bellashuvning start hushtagi Toshkent vaqti bilan 19:15 da yangraydi.

Uchrashuv arafasida "qirollik klubi" Ispaniya chempionati turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Kataloniyaliklar esa uchinchi pog‘onada.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!