
Eldor Eronov: "Edil Esengulov bilan jang qilmoqchiman"
Ma’lumki, 7 yanvar kuni MPL-7 turniri bo‘lib o‘tadi va uning 2-markaziy jangida ikki hamyurtimiz Eldor Eronov hamda Farhodjon Mashrapov jang qiladi.
Yarim o‘rta (77,1 kg) vazn toifasida oktagonga ko‘tariladigan har ikki yurtdoshimiz o‘rtasidagi jang qiziqarli o‘tish turgan gap. Biz ushbu qarama-qarshilik haqida Eldor Eronovga bir nechta savollar bilan murojaat qildik.
- Muradov_Professional_Liga bilan nechta jangga shartnoma imzoladingiz?
- MPL da 4 ta janglik kelishuvga erishdik.
- Aynan, Farhodjon Mashrapov bilan jang qilish imkoniyati qanday yuzaga keldi?
- Aslida, Islomjon Kamoliddinov bilan jang bo‘lishi kerak edi. Biroq, Islomjon betob bo‘lib qolganligi uchun Farhodjon Mashrapov zahira jangchisi sifatida raqib bo‘ldi.
-Umuman Mashrapov haqida qanday fikrdasiz?
- Bu raqibim so‘ngi uchta jangini Naiza FC da o‘tkazdi. Ajoyib jismoniy holatga ega. Biroq, kamchiliklar ham yo‘q emas. Shundan unumli foydalanishga harakat qilamiz.
- Bu ligada 77,1 kg vazn toifasida Shohasan Mirzamatov, Bobur Qurbonov, rossiyalik Hamzat Chapanov harakat qiladi. Shuningdek, qirg‘izistonlik Edil Esengulovni ham aytish mumkin. Agar, navbatdagi jangingizda yuqorida sanab o‘tilganlarni raqib sifatida tanlash imkoni berilsa, qay biri bilan jang qilgan bo‘lardingiz?
- To‘g‘risi, barchasi kuchli jangchilar. Menda bunday imkoniyat bo‘lsa, Hamzat yoki Edil Esengulovni tanlagan bo‘lardim. Agar, bu jangda g‘alaba qozonsam, keyingi rejalarni oktagonda oshkor qilaman.
Fikrlar