Eldor Shomurodov Gabon ustidan qozonilgan g'alaba haqida o‘z fikrlarini bildirdi

  • 28.03.2026 02:49
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

FIFA Series turniri doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Gabonga qarshi bahs olib borib, 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Ushbu bahsda gol kiritishga muvaffaq bo‘lgan Eldor Shomurodov g‘alabaga quyidagicha izoh berdi.

"Biz o‘yinni juda yaxshi boshladik deb aytolmayman. Raqib ko‘proq vaziyat yaratdi, lekin ikkinchi bo‘limda o‘yinimizga ancha o‘zgartirish kirita oldik. Shuningdek, bizni omadimiz keldi desak ham bo‘ladi. Gabon ancha vaziyatlarga ega bo‘ldi, muhim g‘alaba qozondik.

Birinchi navbatda shuni ta’kidlash kerakki, jamoadа ancha o‘zgarishlar bo‘ldi. Uzoq vaqtdan beri birga o‘ynamaganimiz sabab tushunmovchiliklar bo‘ldi deb o‘ylayman. Shuning uchun kerakli o‘zgarish kiritdik, qaerdadir qattiqroq gapirdik, shu sabab o‘yinda o‘zgarish bo‘ldi", — dedi futbolchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!