Eldor Shomurodov Italiyaga tashrif buyurdi

  • 23.02.2026 07:23
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 2
  • Futbol

Turkiyaning "Istanbul Boshakshehir" klubi hujumchisi Eldor Shomurodov Italiyaga bordi.

Maʼlum boʻlishicha, oʻzbekistonlik futbolchi hozirda Italiyada jarohatini davolayotgan Jaloliddin Masharipovning holidan xabar olish maqsadida ushbu safarni amalga oshirgan.

“Eldor meni koʻrgani kelibdi. Bu mavsum Turkiyada toʻpurar boʻlishini tilab, duo qilib qoʻydim”, — deb yozdi Masharipov ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.

Maʼlumot uchun, joriy mavsumda Eldor 16 ta gol bilan toʻpurarlar roʻyxatida ikkinchi oʻrinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Rescara
23/02/2026 13:11
Машариповга соглик тилаган холда бошка миллий терма жамоага якинлашмайди деб умид киламиз
kenjebaev
23/02/2026 08:44
Hal ahvol soʻrab qoʻyish yaxshi narsa