Eldor Shomurodov Onana darvozasini ishg‘ol qilganidan so‘ng necha ballga loyiq ko‘rildi?

  • 25 noyabr, 02:13
  • Bilolbek Imomov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, "Istanbul Bashakshehir" Turkiya Superligasining 12-turida "Trabzonspor" bilan kuch sinashib, 4:3 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Ushrashuvning 45-daqiqasida hamyurtimiz va Eldor Shomurodov "Manchester Yunayted"ning sobiq darvozaboni hisoblangan Andre Onana darvozasini ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘ldi. 

Tecno

"Fotmob" vakilimizni 7.2 ballga loyiq ko‘rgan bo‘lsa, "Sofascore" portali Shomurodovga 7.1 ball qo‘ydi. Bundan tashqari, yana bir mashhur nashrlardan biri hisoblangan "Flashscore" sayti esa hamyurtimizga 6.9 ball berdi.

Eldor Shomurodov of Basaksehir celebrates after scoring his team's second goal during the Trendyol Süper Lig match between Rams Basaksehir FK and...

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston terma jamoasi sardori hamda Bashakshehir etakchisi hisoblangan Shomurodov Turkiya Superligasida gollari sonini 9 taga etkazib, to‘purarlar jadvalida etakchilik qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Olim
25/11/2025 21:07
Boss! Omadingni bersin.