Eldor Shomurodovning o‘yini Rimda qizg‘in muhokama qilinmoqda
O‘tgan yozgi transferlar oynasida "Roma" jamoasidan Turkiyaning "Istanbul Boshakshehir" klubiga ko‘chib o‘tgan Eldor Shomurodov ayni paytda Turkiya chempionatining eng yaxshi to‘purari bo‘lib turibdi. O‘zbekistonlik forvardning nomi hali-hamon Rimda turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Italiya ning rompipallone.it nashri Shomurodov haqida maqola e’lon qildi. Quyida ushbu maqolani o‘qib chiqishingiz mumkin.
"Turkiya chempionatida hozirda juda yuqori saviyadagi ko‘plab futbolchilarni ko‘rishga ko‘nikkanmiz.
Jumladan, "Galatasaroy" hujum chizig‘ida Osimhen, Ikardi va Sane kabi futbolchilar mavjud bo‘lsa, "Fenerbaxche" safida Marko Asensio va Anderson Taliska singari yulduzlar bor.
Shunga qaramay, ularning hech biri Superliganing amaldagi to‘purari ko‘rsatkichlariga yaqinlasha olmadyapti.
Gap shundaki, Turkiya chempionati to‘purarlar jadvalida 15 ta gol va 4 ta assist bilan yetakchilik qilayotgan futbolchi — Italiya futboli muxlislari uchun yaxshi tanish ism.
Bu — ayni paytda "Istanbul Boshakshehir" sharafini himoya qilayotgan Eldor Shomurodov. O‘zbekistonlik hujumchi joriy yozda "Roma" jamoasidan sotib olish huquqi bilan ijara asosida Istanbulga yo‘l olgan edi.
Turkiyada Eldor o‘zi uchun eng qulay muhitni topdi. U ketma-ket uchrashuvlarda gollar urib, Ikardi, Osimhen va Taliska kabi mashhur hujumchilarni ortda qoldirgan holda to‘purarlar poygasida peshqadam bo‘lib turibdi".
Fikrlar