Eldor Shomurodovning sobiq klubi bankrot bo‘lish arafasida
Eldor Shomurodovning sobiq klubi "Rostov" yaqin orada faoliyatini to‘xtatishi ehtimoli bor. Bu haqda insayder Ivan Karpov xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, klubda Rossiya Premer-ligasi (RPL) mavsumining ikkinchi qismi oldidan qishki yig‘inlarni o‘tkazish uchun etarli mablag‘ mavjud emas. "Rostov"ning joriy qarzdorligi 4–5 milliard rublga teng ekani aytilmoqda. Shuningdek, futbolchilar oktyabr oyidan beri, ayrimlari esa sentyabrdan buyon maosh olmayapti.
Agar klub mavsumni oxirigacha olib borish uchun mablag‘ topa olsa ham, 2026/27 yilgi mavsumda ishtirok etish uchun zarur bo‘lgan RFS-1 litsenziyasini qo‘lga kiritish imkoniyati juda past deb baholanmoqda. Qishki tanaffus oldidan turnir jadvalida jamoa 21 ochko bilan 11-o‘rinni egallab turibdi.
Ma’lumot uchun, Shomurodov 2020 yilda "Rostov"dan Italiyaning "Jenoa" klubiga 9.5 million evro evaziga ko‘chib o‘tgan edi.
Fikrlar