Elit Chempionlar ligasi. "Al-Ahli" - "Nasaf": Jamoalar qanday libosda harakat qilishi ma’lum
Elit Osiyo Chempionlar Ligasi 2025/26 mavsumida yurtimiz nomidan "Nasaf" qatnashadi. "Ajdarlar" musobaqaning 1-turida safarda "Al-Ahli" bilan o‘ynaydi.
"Al Ahli" – "Nasaf" uchrashuvi oldidan musobaqa rasmiylari va har ikki jamoa vakillari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazishdi.
Unda "Nasaf" bosh direktori Alisher Yusupov, jamoa menejeri Qobiljon Shodmonov va ma’mur Alisher Turdiqulov qatnashdi. Yig‘ilish davomida ertangi bellashuvga oid tashkiliy masalalar muhokama qilindi.
Shuningdek, jamoalarning libos ranglari ham kelishib olindi. Qarorga ko‘ra, mezbonlar to‘liq oq libosda, "Nasaf" esa to‘liq qizil libosda maydonga tushadi.
Eslatib o‘tamiz, "Al-Ahli" - "Nasaf" bahsi ertaga soat 23:15da start oladi.
Fikrlar