Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Elit Chempionlar ligasi. "Istiqlol" - "Paxtakor": Uchrashuvni kimlar o‘tkazib yuboradi?

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 0

Uchrashuv 21:00da start oladi

Elit Chempionlar Ligasi 5-turida "Paxtakor" 25 noyabr kuni Dubayda Eronning "Istiqlol" jamoasi bilan to‘qnash keladi.

Ushbu jamoa bilan "sherlar" 2011 yil guruh bosqichida maydonga tushishgan. O‘shanda Tehronda "Istiqlol" 4:2, Toshkentda "Paxtakor" 2:1 hisobida g‘alaba qozongan. 2020 yil nimchorak finalda Doxada "sherlar" 2:1 hisobida zafar quchgan. Tehron klubi 9 marta Eron chempionati va 7 bor Eron Kubogida zafar quchgan.

Oxirgi marta 2022 yil Eron chempioniga aylangan. Jamoani bu yildan Janubiy afrikalik mutaxassis Pitso Mosimane boshqarmoqda. "Paxtakor"ning sobiq futbolchisi Jaloliddin Masharipov ayni paytda ushbu jamoa safida to‘p tepmoqda. Bellashuvni diskvalifikatsiya sababli Eron terma jamoasi a’zosi Ruzbeh Cheshmi o‘tkazib yuboradi. 

Eslatib o‘tamiz, "Istiqlol" va "Paxtakor" jamoalari o‘rtasidagi Elit Chempionlar Ligasi 5-tur bahsi 25 noyabr, dushanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:00da Dubaydagi "Al Rashid" stadionida boshlanadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q