Asosiy mazmunga oʻtish

Emiliano: "Ikkinchi marta JCh g‘olibligini qo‘lga kiritsak, men shu zahoti terma jamoadagi faoliyatimni tugataman"

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 0

Emiliano AQShda ham kubok ko‘tarmoqchi

Argentina terma jamoasi posboni Emiliano Martines qachon terma jamoadagi faoliyatini tugatishini aytdi. Lionel Skaloni shogirdlari CONMEBOL mintaqasida allaqachon Jahon chempionati yo‘llanmasi naqd qildi. 

"Agar biz ketma-ket ikkinchi marotaba Jahon chempionatida g‘oliblikni qo‘lga kiritsak, men shu zahoti terma jamoadagi faoliyatimni tugataman. Bu natijadan keyin yoshlarga joy bo‘shatishimiz kerak bo‘ladi", - dedi 32 yoshli darvozabon.

Eslatib o‘tamiz, Qatarda o‘tkazilgan oxirgi Mundialda Argentina terma jamoasi Franiyani mag‘lub etib, chempionlikni qo‘lga kiritgan edi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q