Endi bizga Xoland kerak emas!

  • 22.12.2025 10:48
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Manchester Siti” to‘purari Erling Xoland klub bilan 2034 yilning yozigacha davom etadigan shartnomaga ega ekaniga qaramay, 2026 yilning yozida uni transfer qilishga urinib ko‘rmoqchi bo‘lgan klublar bor.

Xususan, “Real” prezidenti Floretino Peres o‘z jamoasida Kilian Mbappe va Erling Xolanddan tarkib topgan hujum tandemini o‘ynatishni anchadan beri oro‘zu qilib kelayotgani haqida xabarlar tarqatilgandi.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, “Real” klubi Xoland transferini amalga oshirish g‘oyasidan voz kechgan. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, madridliklar frantsiyalik hujumchi Kilian Mbappe jamoaning barcha hujumdagi ehtiyojlarini to‘liq qoplayapti, deb hisoblaydi. Shu sababli “Real” norvegiyalik goleadorni transfer qilish variantini ko‘rib chiqmaydigan bo‘ldi.

Joriy mavsumda 25 yoshli Xoland barcha musobaqalarda o‘tkazilgan 23 ta uchrashuvda 25 ta gol urib, 4 ta golli uzatma berdi. Transfermarkt mutaxassislari hujumchining bozor qiymatini 200 million evro, deb baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!