Endi bu futbolchilar kerak emas!
“Chelsi” yozgi transfer vaqtida bosh murabbiy Entso Mareskaga kerak bo‘lmay qolgan bir guruh futbolchilarni boshqa klublarga o‘tkazib yuborishga muvaffaq bo‘ldi.
Klub tarbiyalanuvchisi Konor Gallaxer faoliyatini La Ligada – “Atletiko” jamoasida davom ettirishga ko‘ndi.
“Aristokratlar”ning eng omadsiz transferlaridan hisoblangan Romelu Lukaku “Napoli”dan boshpana topdi.
Klub himoyachiga etakchilik qilib kelgan Tyago Silvaning shartnomasi tugadi. Lyuis Xoll va Ian Maatsen transferlari g‘aznaga 60 million funtdan ko‘proq mablag‘ keltirdi. O‘z vaqtida 80 million evroga xarid qilingan darvozabon Kepa Arrisabalaga “Bornmut”ga ijaraga berildi.
Mareska jamoa tarkibiga kiritmagan Rahim Sterling ashaddiy raqiblardan “Arsenal”ga ko‘chib o‘tdi. Trevo Chaloba esa, “Kristal Pelas”ga ijaraga yuborildi.
Fikrlar