Endi men “Real”ga kerak emasman!

  • 1 avgust, 2021, 19:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Everton” yarim himoyachisi Xames Rodriges “Real”ga qaytishi haqidagi savolga javob berdi.

- Yo‘q, men Madridga qaytmayman. Men yana “Real” uchun o‘ynashim mumkin bo‘lgan vaziyatni tasavvur ham qila olmayman. Men yaxshi formadaman va ko‘p mashq qilyapman. Shunga qaramay, bu savolga aniq javob aytolmayman. Hozir men o‘zim bo‘lishim kerak bo‘lgan joydaman, - dedi Xames Rodriges.

Kolumbiyalik futbolchi 2014-2020 yillar davomida “Real” a’zosi bo‘lgan. 2017-2019 yillar davomida ijara asosida “Bavariya”da o‘ynadi.

O‘tgan mavsumda Xames Rodriges 23 ta uchrashuvda qatnashib, raqiblar darvozasiga oltita to‘p kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!