
Endi Mxitaryanni yangi bosh murabbiy shug‘ullantiradi
Abraam Xashmanyan Armaniston terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda mamlakat futbol federatsiyasi rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra tomonlar o‘zaro 2020 yilga qadar shartnoma imzolashdi.
Ma’lumot uchun, 51 yoshli mutaxassis faoliyati davomida "Ararat", "Gandasar", "Kilikiyu", "Banants", "Alashkert", Armaniston U19 va U21 jamoalarini boshqargan.
Eslatib o‘tamiz, Armaniston terma jamoasi hamon Evro-2020 final bosqichiga chiqish imkoniyatini saqlab turibdi. Ular 15 noyabr kuni saralash doirasida o‘z maydonlarida Gretsiyaga qarshi bahs olib borishadi.
Fikrlar