Endrik kelasi mavsum qaysi klubda o‘ynashini aytdi
Qishki transferlar oynasi davrida “Real”dan ijara asosida “Lyon” ga ko‘chib o‘tgan braziliyalik hujumchi Endrik o‘z kelajagi va kelasi mavsum qaysi jamoada o‘ynashi mumkinligi haqida fikr bildirdi.
- Buni rostdan ham bilmayman. Agar “Real”ga qaytishimga to‘g‘ri kelsa, mamnuniyat bilan Madridga boraman.
Agar faoliyatimni boshqa klubda davom ettirish varianti bo‘lsa, demak, shunday bo‘ladi. “Lyon”ni Chempionlar ligasiga olib chiqishimizga juda umid qilaman. Bu klub mos keladigan daraja, - dedi Endrik Canal Plus Foot nashriga bergan intervyusida.
Joriy mavsumda 19 yoshli braziliyalik “Lyon” safida 18 ta o‘yinda qatnashib, 7 ta gol urdi va 7 ta golli uzatma berdi. Ijara shartnomasi mavsum oxirida tugaydi.
“Qirollik klubi” rahbariyati yozda tarkibda o‘zgarish qilishni rejalashtirmoqda. Xususan, mutasaddilar Endrikni ortga qaytarish masalasini o‘rganib chiqmoqda.

Fikrlar