
Endrik "Oltin to‘p"ga kim loyiq ekanligini aytdi
Braziliyalik yosh iqtidor Endrikning fikricha, uning hamyurti, "Real Madrid"dagi bo‘lajak jamoadoshi Vinisius Juniordan boshqa hech kim "Oltin to‘p"ga loyiq emas.
2022 yilgi EChL finalida "Liverpul" darvozasiga g‘alaba to‘pini kiritgan Vinisius, "Uembli"dagi "Borussiya Dortmund"ga qarshi baxsda "Los-Blankos" bilan ikkinchi EChL g‘olibligini qo‘lga kiritishi mumkin.
"Vini - ajoyib o‘yinchi. Bu yil hech kim "Oltin to‘p"ga undan ko‘proq loyiq emas. O‘ylaymanki, "Kopa Amerika"dagi natijamiz nafaqat chempionlikni qo‘lga kiritishga, balki uning "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiriti uchun ham yordam beradi", - dedi Endrik OAVga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, 17 eshli futbolchi bugun "Palmeyras"dagi so‘nggi o‘yinini o‘tkazdi.
Fikrlar