
Eng badavlat klub “Barsa” posboniga jamoaga o‘tib, o‘ziga maosh belgilashini taklif qildi
Saudiyalik investorlar qo‘liga o‘tganidan keyin eng badavlat klubga aylangan “Nyukasl” tarkibini kuchaytirishda davom etmoqda.
“Qarg‘alar” o‘z tarkibiga Mark-Andre ter Shtegenni qo‘shib olish uchun “Barselona”ga 50 million evro to‘lashga tayyorligini bildirdi.
Angliyaliklar germaniyalik darvozabonni ko‘ndirish uchun shartnomada o‘ziga o‘zi istagan maoshni belgilash imkonini taqdim qilmoqchi.
Ter Shtegen 2014 yildan beri kataloniyaliklar darvozasini qo‘riqlab kelyapti. Joriy mavsumda 30 yoshli posbon barcha turnirlarda 17 marotaba maydonga tushib, shu uchrashuvlardan o‘ntasida darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Uning shartnomasi 2025 yilning 30 iyunigacha tuzilgan.
Fikrlar