
Eng go‘zal atletikachi qiz Xolandni duelga chaqirdi
Germaniyalik engil atletikachi Alisa Shmidt tezkorlik masalasida “Manchester Siti” yulduzi Erling Xoland bilan bellashib ko‘rmoqchi.
Alisa Shmitd turli manbalar tomonidan eng latofatli engil atletikachi ekani e’tirof etib kelinadi.
Jurnalistlar Alisadan yugurish bo‘yicha Erling Xoland bilan bellasha olishi haqida so‘rashdi.
- Buni bilmayman. Balki bellasha olarman. O‘ylashimcha, 400 metrga yugurishda buni uddalash mumkin Lekin 200 metrga yugurishda uni yutish qiyin bo‘ladi.
Agar bu duel qachondir tashkil qilinsa, men Erling Xoland bilan raqobatlashishga tayyorman, - dedi Alisa Shmitd.
2020 yili Alisa “Borussiya Dortmund”ning fitnes-murabbiyi bo‘lgan. O‘shanda u Germaniya terma jamoasi markaziy himoyachisi Mats Xummels bilan 400 metr masofaga musobaqalashib, futbolchidan o‘zib ketgan.
Fikrlar