Asosiy mazmunga oʻtish

Eng omadsiz o‘yinchini baxti ochiladigan bo‘lyapti

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Qachon ishi yurishadi?

“Chelsi” yozgi transferlar mavsumida bir necha o‘yinchilaridan qutilishi kerak. Ketadiganlar orasida albaniyalik hujumchi Armando Broyyaning nomi ham ko‘rsatilgan.

Armando yakunlangan mavsumni “Chelsi”da boshlab, “Fulxem”da tugatdi. 22 yoshli hujumchi “Chelsi”ning o‘sha paytdagi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino bilan hech kelisha olmadi.

“Chelsi” muxlislari Broyyani jamoaning eng omadsiz o‘yinchisi, deb biladi. Bu hujumchi 2018 yili “Chelsi”ga olib kelinganidan beri, turli yillarda jami 38 ta uchrashuv qatnashib, o‘z mahoratini ko‘rsata olmagan. Broyya bu o‘yinlarda atigi uchta gol urgan xolos.

Shunga qaramay, iqtidorli o‘yinchining xaridori ko‘p. Ayni paytda uni olti jamoa – “Everton”, “Milan”, “Vulverxempton”, “Monako”, “Kristal Pelas” va “Bolonya” o‘z safida ko‘rmoqchi.

Armando Broyya Evropa chempionatida qatnashish uchun Albaniya terma jamoasiga jalb etilgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q