
Eng yaxshi murabbiy bo‘lishga da’vogarlar e’lon qilindi
FIFA The Best yilning eng yaxshi murabbiyi bo‘lish uchun uchta nomzodni e’lon qilindi. Pep Gvardiola, Simon Inzagi va Luchano Spalletti mazkur sovrin uchun kurashmoqda.
Mukofot 2022 yil 19-dekabrdan 2023-yil 20-avgustgacha bo‘lgan davrdagi natijalar asosida beriladi. Bu vaqt ichida Pep Gvardiola "Manchester Siti" bilan treblni qo‘lga kiritdi, Simone Inzagi "Inter"ni Chempionlar ligasi finaliga olib chiqdi, Luchano Spaletti esa "Napoli"ni 33 yil ichida birinchi marta A Seriya chempioniga aylantirdi. Spalletti hozirda Italiya terma jamoasida ishlamoqda.
FIFA tomonidan yilning eng yaxshi murabbiyi sovrini 15 yanvar kuni topshiriladi.
Fikrlar