Asosiy mazmunga oʻtish

Yengil atletika

Engil atletika. Anvar Anvarov Pragadagi xalqaro turnirda sovrindor bo‘ldi

Hamyurtimiz oltin medal qo‘lga kiritishi ham mumkin edi...

Chexiyaning Praga shahrida engil atletika bo‘yicha “Josef Odlozil Memorial” xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi. Evropa bo‘ylab musobaqalarda ishtirok etayotgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Anvar Anvarov Butunjahon engil atletika federatsiyasining bronza darajasidagi ushbu startda kumush medalga sazovor bo‘ldi.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, uzunlikka sakrash dasturida qatnashgan Anvarov 7,92 metr natija qayd etishga muvaffaq bo‘ldi. Ahamiyatlisi, g‘oliblikka erishgan 18 yoshli chexiyalik Petr Meyndlshmid ham xuddi shunday natija ko‘rsatgan. Biroq urinishlar holatiga ko‘ra mezbon atlet oltin medalga ega chiqdi.

Petr Meyndlshmid (Chexiya) – 7,92 metr
Anvar Anvarov (O‘zbekiston) – 7,92
Rusval Samaai (JAR) – 7,75

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q