
Enrike alamli mag‘lubiyatning sabablarini ochiqladi
Xabaringiz bor, Liga 1ning navbatdagi turidan Luis Enrike boshchiligidagi PSJ "Nitstsa" bilan kuch sinashib, 1:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Uchrashuvdan so‘ng parijliklar bosh murabbiyi muvaffaqiyatsizlik haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Avvalambor "Nitstsa"ni tabriklamoqchiman. Ular 100 foiz samaradorlik ko‘rsatishdi. Birinchi bo‘limda bizga yaqinlashgan yagona imkoniyatlaridan gol urishdi. Keyin esa yana ikkita imkoniyat topib, ulardan ham unumli foydalanishdi.
Natija haqqoniy deb o‘ylamayman. Biz butun o‘yin davomida yaxshi harakat qildik. Tanaffusgacha ham durang emas, ko‘prog‘ini haqli edik. Ikkinchi bo‘limda esa raqib birinchi imkoniyatdayoq gol urdi. Bu kutilmagan natija, ammo bunday holatlar futbolda bo‘lib turadi.
Biz rekordlar o‘rnatishni davom ettirmoqchi edik, ammo chempionatda mag‘lubiyatsiz seriyani endi yo‘qotdik. Lekin bu bizning asosiy maqsadimizni – Chempionlar Ligasi finaliga chiqishni – o‘zgartirmaydi" – dedi PSJ bosh murabbiyi.
Fikrlar