Eplasang o‘yna!

  • 19.09.2022 11:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Liverpul”ning sobiq futbolchisi Ditmar Xamann bu jamoadan “Bavariya”ga ko‘chib o‘tgan senegallik hujumchi Sadio Manening o‘yinini qattiq tanqid qildi.

- Agar Mane shunday o‘ynashda davom etsa, uni zaxira o‘rindig‘iga mixlab qo‘yish kerak, - dedi Ditmar Xamann.

Bundan tashqari, germaniyalik sobiq futbolchi Manening o‘zi ko‘nikkan pozitsiyadan boshqa joyda o‘ynayotgani unga noqulaylik tug‘dirayotgani va hali yangi vazifasiga ko‘nikmaganini ham alohida ta’kidladi.

“Liverpul” esa jamoa hujumlarini tashkil etishda eng ko‘p xizmati singgan o‘yinchini qo‘yib yuborganidan afsusda. Yurgen Klopp hali Manening o‘rnini to‘la bosadigan futbolchi topa olgani yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!