Erik Shupo-Motingni eplab bo‘lmayapti

Hujumchi Erik Shupo-Moting jahon chempionatlaridagi ilk golini urishga erishdi. 

Kamerun terma jamoasi forvardi JCh-2022 guruh bosqichining ikkinchi turidan o‘rin olgan Serbiyaga qarshi o‘yinda jamoasining 3-goliga mualliflik qildi. 33 yoshli futbolchi "Bavariya" va Kamerun jamoalari safida o‘tkazgan so‘nggi 12 o‘yinida 12 ta gol urdi. 

Kamerun 3-turni 3 dekabr kuni Braziliyaga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!