Erik ten Xag: “Biz shunday davom etishimiz kerak”

  • 24.09.2024 18:17
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Angliya Premer-ligasining beshta turidan so‘ng, "Manchester Yunayted" to‘plar farqi nolga teng. Jamoa bosh murabbiyi Erik ten Xag bu borada fikr bildirdi.

-O‘tgan haftada ko‘plab vaziyatlar yaratdik. Biz “Barnsli” darvozasiga 7 ta gol urdik, ya’ni gol urishga qodirmiz. Biz raqib jarima maydonchasida yaxshiroq harakat qilishimiz va ko‘proq gol urishimiz shart. Eng muhimi, imkoniyatlar yaratish. Bizda bu borada hech qanday muammo yo‘q. Biz shunday davom etishimiz kerak,- dedi ten Xag matbuot anjumanida jurnalistlarga.

25-sentyabr, chorshanba kuni “Manchester Yunayted” Evropa Ligasi doirasida “Tvente”ga qarshi o‘z maydonida o‘yin o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!