
Eriksendan "Ayaks" ham yuz o‘girdi
"Inter"ning daniyalik himoyachisi Kristian Eriksendan "Ayaks" ham yuz o‘girdi.
Italiyalik jurnalist Fabritsio Romanoning yozishicha, amsterdamliklarga Eriksenning maoshi qimmatlik qiladi. Aytish lozimki, uning yillik maoshi 7,5 million evroni tashkil etadi.
Eriksen "Inter"da o‘yin amaliyotsiz qolib ketayotgani sabab, boshqa jamoaga o‘tmoqchi. Unga "Arsenal", "Tottenxem" va "Vulverxempton" klublaridan qiziqish bor. Ammo “neradzurrilar” hozircha bu borada birorta ham rasmiy taklif olmaganini ma’lum qilishmoqda.
Bundan avvalroq, PSJ ham Eriksenga qiziqmayotganini ma’lum qilgan edi.
28 yoshli Eriksen joriy mavsum “Inter”da 13 ta o‘yinda maydonga tushdi. Uning milanliklar bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar