"Ermak" ustozi: Biz barcha jabhada "Humo"ga mag‘lub bo‘ldik
"Mag‘lub bo‘lgan o‘yin. Bizning hujumimiz raqib himoyasiga ham, hujumiga ham engildi. Son jihatdan ustunlikka ega bo‘lgan vaqtda ham yomon o‘ynadik. Hozirga qadar zarba yo‘llashni bilmaymiz.
Darvozabon - 70 % natija degani. Boya aytganimdek zarba yo‘llashni bilmayapmiz. Bugun gol o‘tkazib yubordik, vaziyatni o‘nglay olmadik. Jamoa yo‘q, jamoaviy ruhiyat yo‘q. Raqibga "yo‘q" deya oladigan kuchli kollektiv yo‘q. Bu esa eng muhimi", - dedi rossiyalik mutaxassis.



Fikrlar