Eron futbol federatsiyasi prezidenti terma jamoaning “JCH-2026”dan chiqishi mumkinligiga izoh berdi
Eron futbol federatsiyasi prezidenti Mehdi Toj milliy jamoaning 2026 yildgi jahon chempionatidan chiqishi mumkinligi haqida fikr bildirdi.
- Bugungi voqealar va AQSh tomonidan qilingan hujumdan keyin jahon chempionatiga umid bilan qarash qiyin, ammo bu masala bo‘yicha qarorni sport tashkilotlari rahbarlari qabul qilishi kerak, - dedi Mehdi Toj.
Osiyo mintaqaviy saralash turnirida o‘z guruhida birinchi o‘rinni egallagan Eron milliy terma jamoasi “JCh-2026”ga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanma olgan.
Qur’a natijasiga ko‘ra, forslar mundialning “G” guruhidan chiqish uchun Belgiya, Misr va Yangi Zelandiya milliy terma jamoalari bilan kuch sinashishi lozim. Murakkab tomoni shundaki, guruhdagi uchala o‘yin AQSh hududida o‘tkazilishi kerak.
Fikrlar