
Eron klublari OChL o‘yinini "Bunyodkor" stadionida o‘tkazishni xohlaydi. Ammo...
Eron klublari mamlakatdagi siyosiy vaziyat tufayli OChLdagi o‘yinlarini boshqa davlatda o‘tkazishi mumkin. Ayni paytda eronliklarning o‘yinlarini ko‘chirish borasida tortishuvlar davom etmoqda. Eron klublariga guruh bosqichidagi dastlabki 3 ta uchrashuvni safarda o‘tkazishga ruhsat berilgan. Ammo bu barcha klublarga ham tegishli emas.
"Persepolis" va "Sepaxon" guruh bosqichidagi 3-turni o‘tkazish uchun neytral maydon qidirmoqda. Bu borada "Sepaxon" xalqaro talablarga javob beradigan Toshkentdagi "Bunyodkor" stadionida o‘yin o‘tkazishni xohlamoqda. Bu haqda Alisher Nikimbaev telegramdagi o‘zining sahifasida ma’lum qildi.
Biroq "Sepaxon" klubi vakillarining aytishicha, "Bunyodkor" maydoni 3 martgacha tayyor bo‘lmaydi. Shu bois jamoa boshqa stadion qidirishiga to‘g‘ri keladi.
Qarshidagi "Markaziy" stadion Eron klublarining OChLdagi o‘yinlarini qabul qilishi mumkin
Eslatib o‘tamiz, bir necha kun avval Eron klublari Qarshidagi "Markaziy" o‘yingohda uy uchrashuvlarini o‘tkazishi mumkinligi borasida xabar bergandik.
Fikrlar