Eron Pro ligasi. Hamrobekov asosiy tarkibda maydonga tushgan bahsda "Traktor" g'alaba qozondi

  • 27.02.2026 00:43
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

Eron Pro ligasining 23-turi doirasida "Traktor" o‘z uyida "Gol Gohar" jamoasini qabul qilib, kichik 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvdagi yagona gol 40-daqiqada Hoshimnajod tomonidan kiritildi.

Shuningdek, mezbonlar safida o‘zbekistonlik yarim himoyachi Odibek Hamrobekov asosiy tarkibda maydonga tushib, 58 daqiqa harakat qildi.

Shu tariqa, tabrizliklar o‘z ochkolari sonini 39 taga yetkazib, turnir jadvalida peshqadamga aylandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!